Xorazmda o'quvchi qizlar sinfdoshini samosud qilishdi
Holat yuzasidan MMT boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida maktab o‘quvchi qizlari sinfdoshini samosud qilgani aytilgan video tarqaldi. Holatga viloyat MMT boshqarmasi rasmiy izoh berdi.
Holat 15-noyabr kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuz bergan. Unda 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida katta tanaffus paytida janjal sodir bo‘lgan.
Hozirda ushbu vaziyat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.







