Jahon

Xitoyda dahshatli zilzila: 100 dan oshiq qurbon bor

Mamlakatning Gansu provinsiyasida 6,2 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

Xitoyda dahshatli zilzila: 100 dan oshiq qurbon bor

 

Xitoyda 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Oqibatda ko‘plab turar-joy binolari va infratuzilma vayron bo‘lgan. Qurbonlar soni kamida 111 kishini tashkil etmoqda.

 

Zilzila Gansu provinsiyasi, Linxia Xuyey avtonom prefekturasining Jishishan-Baoan-Dunsyan-Salar avtonom okrugida sodir bo‘lgan.

 

Xitoy seysmologik tarmoqlari markazi maʼlumotlariga ko‘ra, silkinishlar epitsentri shimoliy kenglik 35,7 daraja va sharqiy uzunlik 102,79 daraja koordinatali nuqtada, epitsentr 10 km chuqurlikda joylashgan.

 

Hozirgacha zilzila oqibatida 230 dan ortiq jarohat olgan va kamida 111 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

 

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi va  Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish shtab-kvartirasi favqulodda vaziyatlarda favqulodda choralar ko‘rish darajasini ikkinchi darajaga ko‘tardi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"