Bugun atmosferada "yulduzlar yomg‘iri" kuzatiladi
Uni maxsus moslamalarsiz tomosha qilish mumkin.

Bugun, 21 dekabrdan 22 dekabrga o‘tar kechasi Ursid meteorit oqimi kuzatiladi. Soatiga 10 tagacha meteorit tushishi kutilmoqda.
Yer hozirda 8P/Tuttle kometasi qoldirgan zarrachalar shleyfidan o‘tmoqda. Sayyoramiz atmosferasida yonib, ular meteoritlarni hosil qiladi.
Ob-havo bulutsiz va Oydan yoki shahar obyektlaridan yorug‘lik bo‘lmasa, meteor yomg‘irini maxsus moslamalarsiz kuzatish mumkin. Meteoritlar chiqaradigan (radiant) hudud Kichik Ayiq yulduzlar turkumida joylashgan.







