O'zbekiston

Telegramda yana virus tarqalmoqda

Ayrim shubhali havolalarga kirishgan ehtiyot bo‘ling.

Telegramda yana virus tarqalmoqda

 

Telegramda "Iltimos, qizimga ovoz bering" mazmunida yana virus tarqalmoqda. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev bu bo‘yicha o‘z kanalida post joyladi.

 

Uning yozishicha, hech kimning qiziga ovoz berish kerak emas. Shunaqa xabarlarni ko‘rsangiz, havolaga kirib o‘tirmang. Hattoki eng yaqin insoningizdan kelgan bo‘lsa ham.

 

Afsuski, shu kabi xabarlar kanallarda ham chiqib ketmoqda (kanal egasining profili buzilgani uchun) va doimgidek guruhlarga tarqatilmoqda. Iltimos, Telegramdan kelgan duch kelgan havolaga kiravermang, qayta-qayta tekshiring.

 

Mabodo ehtiyotsizlik sababli profilingiz buzilgan taqdirda ham, zudlikda profilni tiklash, virusdan tozalash choralani ko‘ring. Buning uchun Telegramda “‎Sozlamalar” => “Qurilmalar” => «‎Boshqa barcha seanslarni tugatish» buyruqlarini bosishingiz kerak.

 

Shuningdek, albatta 2 bosqichli xavfsizlik tizimini ulang. Buning uchun “‎Sozlamalar” => «Maxfiylik va xavfsizlik» => «Ikki bosqichli tekshiruv» buyruqlari orqali o‘zingiz mustaqil parol qo‘yasiz.

 

Bu nima beradi? Masalan, sizning profilingizga kimdir kirmoqchi bo‘lsa, telegram orqali yuborilgan SMS-kodni kiritishdan tashqari, siz o‘ylab topgan parolni ham yozishi kerak bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan xavfsizlikni kuchaytiradi. Faqat parolni siz ham esdan chiqarib qo‘ysangiz, uni tiklash uchun elektron pochta manzili kiritib qo‘yishni esdan chiqarmang.

 

Imkoni bo‘lsa parolni unutmaslik uchun biror yaqin insoningizning (o‘zingiznikini emas) pasport seriyasi va raqamini kiritib qo‘ying. Esdan chiqib ketsa ham, topish oson bo‘ladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Telegramda yana virus tarqalmoqda | Zamon.uz