Toshkentda yana 8 kishi qo‘lga tushdi
Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent shahrida bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlanib, tergovga jalb qilindi. Bu haqda shahar IIBB xabar berdi.
Ushlanganlar:
—1984 yilda tug‘ilgan Yuldoshev Doniyor Baxtiyorovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi);
—1988 yilda tug‘ilgan Alimov Fazliddin Fayzullayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
—1991 yilda tug‘ilgan Quvatov Shovkat Shuxratovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi);
—1988 yilda tug‘ilgan Tulyaganov Nuriddin Baxtiyarovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi);
—1986 yilda tug‘ilgan Sotvoldiyev Ilxom Mahmudjonovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
—1992 yilda tug‘ilgan Yunusov Doniyor Faxriddin o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 3-qismi);
—1992 yilda tug‘ilgan Erkinov Baxtiyor To‘lqin o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
—1987 yilda tug‘ilgan Maxmudov Umid Agzamovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.







