O‘zbekistonga yana sovuq havo massalari kirib kelmoqda
Bu bo‘yicha O‘zgidromet tezkor axborot eʼlon qildi.

Joriy yilning 26-27 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shu kunlari respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 26-27 dekabrda baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 M/S gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va tog‘li hududlarda 25-28 M/S gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.







