Elektromobillarni taʼmirlash xavfli
Mutaxassislar uning zararidan ogohlantirdi.

Elektromobillarni taʼmirlash xavfli ekani aniqlandi. Bu haqda Lenta.ru nashri yozmoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, elektromobil akkumulyatoriga xizmat ko‘rsatish smartfon yoki boshqa gadjet akkumulyatorini taʼmirlashdan tubdan farq qilmaydi. Biroq telefonning litiy-ionli akkumulyatorida bitta yacheyka bo‘lsa, elektr skuterning akkumulyatorida o‘nlab, avtomobilda esa minglab yacheyka mavjud.
Elektr avtomobil akkumulyatorlari yuzlab, minglab alohida yacheykalarni o‘z ichiga olishi mumkin, ular ko‘pincha modullarga o‘raladi va keyin batareya paketiga birlashtiriladi. Noto‘g‘ri taʼmirlansa, yong‘in va batareyaning portlashi xavfi mavjud.







