O'zbekiston

AI-80 benziniga qo‘llangan soliq imtiyozi muddati tugadi

Ai-80 markali benzin narxi oshganiga izoh berildi.

AI-80 benziniga qo‘llangan soliq imtiyozi muddati tugadi

 

Ai-80 markali benzin uchun aksiz solig‘iga vaqtinchalik nol stavka qo‘llash davri 2023 yil 31 dekabr kuni yakuniga yetdi. Bugun, 1-yanvardan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida bu markadagi benzin 6800 so‘mdan sotilmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqda esa arzon benzinning narxi oshgani xaqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi bunga izoh berib, aslida narx oshmaganini, balki imtiyoz bekor bo‘lganini maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, davlat rahbarining 2022 yil 12 dekabrdagi va 2023 yil 23 fevraldagi qarorlari bilan 2023 yil 31 dekabrga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llanilgan.

 

Ai-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llanilishi uning yetkazib berish xarajatini sezilarli darajada tushirishga imkon berdi. 2022 yili avtobenzinning narxi ushbu qaror qabul qilinishidan oldin 7500 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, soliq bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgach, 5700 so‘mgacha tushgan.

 

Bugungi kunda avtobenzinning avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga bozor tamoyillari asosida birja savdolari orqali sotilishi va uning narxi erkin shakllanishi tufayli Ai-80 rusumli avtobenzin 1 litri uchun “Mustang”da 8000 so‘m, “Intrans Servis”da 8400 so‘m, “Poytaxt Oyl”da 8200 so‘m, “IBR”da 8000 so‘m, “Arena Petrol”da 8000 so‘m va “Fath Oyl”da 8200 so‘mdan sotilmoqda.

 

Bozorda raqobatni shakllantirish va davlat byudjetiga tushmagan mablag‘lar o‘rnini qoplash maqsadida 2024 yilning 1 yanvaridan mazkur soliq imtiyozi bekor bo‘ldi. Ushbu kundan boshlab “Uzbekneftegaz” brendi ostidagi AYOQSHlarda Ai-80 rusumidagi avtobenzinning chakana narxi 1 litr uchun 6800 so‘m etib belgilanadi", deyiladi xabarda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

AI-80 benziniga qo‘llangan soliq imtiyozi muddati tugadi | Zamon.uz