Jahon

Tokio aeroportiga qo‘nayotgan yo‘lovchi samolyot yonib ketdi

Samolyot bortida salkam 400 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Tokio aeroportiga qo‘nayotgan yo‘lovchi samolyot yonib ketdi

 

Tokiodagi “Haneda” aeroportida Japan Airlines aviakompaniyasi samolyoti yonib ketdi

 

NHK telekanali eʼlon qilgan kadrlarda yo‘lovchilar samolyotdan damlama trapga sakrab, qanday qutulayotgani aks etganini ko‘rish mumkin.

 

Japan Airlines aviakompaniyasi xabariga ko‘ra, bortda bo‘lgan 379 yo‘lovchi va ekipajning o‘nga yaqin aʼzolarining barchasi evakuatsiya qilingan.

 

Kadrlarda layner butkul alanga ichida qolganini ko‘rish mumkin. Samolyot amalda to‘liq yonib ketgan.

 

Yong‘in sabablari maʼlum emas, ammo Reuters agentligi va NHK xabariga ko‘ra, Japan Airlines reysi aeroportga qo‘nish chog‘ida Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati samolyotiga urilib ketgan bo‘lishi mumkin.

 

Yaponiya Yer, infratuzilmalar, transport va turizm vazirligi tekshiruv o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan.

 

Yonib ketgan samolyot — Airbus A350 2021 yilda ishlab chiqarilgan. Bu Hokkaydo orolidagi “Sin-Titose” aeroportidan uchib kelgan JAL516 reysi bo‘lgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"