Jahon

AQSH davlat kotibi yana Yaqin Sharqqa boradi

Entoni Blinken G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri to‘rtinchi marta Yaqin Sharq mamlakatlariga tashrif buyuradi.

AQSH davlat kotibi yana Yaqin Sharqqa boradi

 

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken yaqin kunlarda Yaqin Sharq bo‘ylab navbatdagi turnega boradi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller jurnalistlarga maʼlum qildi

 

Uning taʼkidlashicha, bu oldindan rejalashtirilganidan uzoqroq safar. Davlat kotibi Isroil, Iordan daryosi G‘arbiy sohili, Iordaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Misrga tashrif buyuradi. Blinken Yaqin Sharq davlatlaridan tashqari Turkiya va Gretsiyaga ham boradi.

 

Millerning qo‘shimcha qilishicha, yaqin kunlardagi muzokaralar G‘azo sektoriga ko‘proq gumanitar yordam yetkazish, HAMASdan qolgan garovga olinganlarni ozod qilish va IsroilFalastin mojarosida tinch aholi himoyasini yaxshilash saʼy-harakatlariga qaratiladi.

 

"Blinken o‘z safari davomida mintaqa davlatlari mojaroning G‘azo sektoridan tashqarida avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qanday taʼsir ko‘rsatishi mumkinligi borasida aniq qadamlarni muhokama qilmoqchi. Mojaroning kengayishi hech kim uchun foydali emas — na Isroil, na butun Yaqin Sharq mintaqasi, na butun dunyo uchun", — dedi Miller.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, safar davomidagi muzokaralar oson kechmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, Blinken oktabr oyida G‘azo urushi boshlanganidan beri Yaqin Sharq bo‘ylab uch marta safar qilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"