Istanbulda dahshatli avariya yuz berdi
Hodisa oqibatida vafot etganlar bor.

Istanbulning Boshakshehir shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat Gazi Mustafo Kamol bulvarida yuz bergan. Arnavutko‘y tomon ketayotgan mashina qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib, boshqa mashinaga borib urilgan.
Fuqarolar xabar bergach, hududga politsiya, o‘t o‘chirish va tibbiyot guruhlari jo‘natilgan. Ikki kishi voqea joyida, ikki kishi shifoxonada vafot etgan.
Politsiya guruhlari voqea joyini tekshirdi. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.







