Ekvadorda telekanalga qilingan hujumdan keyin jinoiy to‘dalarga qarshi urush eʼlon qilindi

Mamlakatda vaziyat mahalliy mafioz qamoqdan qochib ketganidan keyin keskinlashdi.

Ekvadorda telekanalga qilingan hujumdan keyin jinoiy to‘dalarga qarshi urush eʼlon qilindi

 

Ekvadorning Guayakil port shahrida 9 yanvar kuni qurollangan shaxslar to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida TC Televisión davlat telekanaliga bostirib kirdi hamda bir necha jurnalist va xodimlarni garovga oldi. Jonli efir to‘xtatilmadi, ammo suratga olish maydonchasidagi chiroqlar o‘chirilib, baqiriqlar, o‘q ovozlari va xodimlar kaltaklanayotgani eshitilgan.

 

TC yangiliklari koordinatori va muxbiri Leonardo Flores Morenoning Reuters agentligiga aytishicha, hujumchilar qabulxonaga bostirib kirib, telekanal xodimlariga hujum qilgan va «dinamit qo‘ygan». Ikki kishi jarohatlangan, shundan so‘ng translyatsiya to‘xtatilgan. Keyinroq politsiya «tartib o‘rnatilgani»ni va hujumchilardan 13 nafari qo‘lga olinganini maʼlum qildi. 

 

Prezident ichki qurolli to‘qnashuv haqida maʼlum qildi 

 

Telekanaldagi voqeadan ko‘p o‘tmay va Ekvadorda banditizm kuchaygani munosabati bilan mamlakat prezidenti Daniel Noboa barcha jinoiy guruhlarni yo‘q qilishga buyruq berdi. Seshanba kuni kechqurun eʼlon qilingan farmonda u «ichki qurolli mojaro» rejimini eʼlon qilib, qurolli kuchlarga yigirmaga yaqin jinoiy tashkilotlarga qarshi operatsiya o‘tkazishni buyurdi. Farmonda Ekvadorda faoliyat yuritayotgan jinoiy to‘dalar yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan terrorchi tashkilotlar va urush qatnashchilari deb ataladi. 

 

Ekvadorda favqulodda holat eʼlon qilindi

 

Bir kun oldin, qamoqxonalarda zo‘ravonlik avj olgan bir paytda, prezident Noboa mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat haqida eʼlon qildi. Bu davrda mamlakatda soat 23:00 dan 5:00 gacha komendantlik soati joriy etiladi. 

 

Shundan so‘ng Ekvadorda darhol bir nechta qurolli hujumlar sodir bo‘ldi, ular davomida kamida to‘rt nafar politsiyachi o‘g‘irlab ketildi. Mamlakatning ikkinchi yirik shahri Guayakil meri Akilesa Alvaresning 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida maʼlum qilishicha, kun davomida shaharning turli joylarida sodir etilgan hujumlarda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan. 

 

Katta jinoiy guruh rahbari, taniqli mafioz qamoqxonadan qochdi

 

Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilinishiga hibsxonalarda yuzaga kelgan tartibsizlik sabab bo‘ldi.

 

Fito laqabli Adolfo Masiyas Vilyamar Los Choneros nomli qudratli mafiya guruhini boshqargan va 12 yildan beri qamoqxonada saqlangan.

 

Vilyamarning kamerasi Guayakildagi qamoqxonaning bir qismida joylashgan bo‘lib, qattiq qo‘riqlanishi kerak bo‘lgan.

 

Ekvador prezidenti Daniel Noboa shu holat sababli mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat eʼlon qildi. Favqulodda holat davrida jamoat yig‘ilishlari vaqtincha taqiqlandi, unda komendantlik soati amal qiladi.

 

"Narkoterror guruhlari BIZni qo‘rqitmoqchi va biz ularning talabiga bo‘ysunamiz deb o‘ylashmoqda. Ammo biz terrorchilar bilan muzokaralar olib bormaymiz va mamlakatda tinchlik o‘rnatmagunimizcha tinchlanmaymiz", — dedi prezident Noboa.

 

35 yoshli Daniel Noboa o‘tgan yilning oktyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan. Saylov kampaniyasi vaqtida nomzodlardan biri, sobiq jurnalist va mafiyaga qarshi kurashchi Fernando Vilyavisensio o‘ldirilgan. Vilyavesensioga tahdid qilgan Los Choneros va Fitoning shaxsan bu qotillikka aloqadorligi gumon qilinmoqda.

 

Qo‘shni davlatlar Ekvador bilan chegaraga qo‘shin yubormoqda 

 

Ekvadorda ro‘y berayotgan voqealar munosabati bilan qo‘shni davlat Peru ichki ishlar vaziri Viktor Torres Falkon mamlakatda banditizm kuchayib borayotgan bir paytda xavfsizlikni kuchaytirish uchun Ekvador bilan chegaraga politsiya kuchlarini «zudlik bilan» jo‘natishni buyurdi. Bu haqda mamlakat davlat IIV ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Peru hukumati zo‘ravonlikni qoraladi va prezident Noboani to‘liq qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Paragvay hukumati ham Ekvador bilan birdamlik bildirdi. 

 

Daniel Noboa avvalroq favqulodda vaziyatdan qurolli kuchlarni «to‘liq siyosiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash» uchun foydalanish niyatida ekanini tushuntirgan edi. U oktyabr oyida davlat rahbari etib saylandi hamda so‘nggi yillarda AQSH va Yevropaga kokain yetkazib berish bo‘yicha asosiy markazlardan biriga aylangan mamlakatda narkotik jinoyati va zo‘ravonlikka qarshi kurashish niyatida ekanini maʼlum qildi

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning otasi, mamlakatning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

custom img

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Yangi tuzilma Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida tashkil etilib, xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalarini bir platformada birlashtirishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etdi

Mamlakatda to‘rt kunlik motam e’lon qilindi. Bir necha davlatlar yetakchilari Shayx Hamadning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

custom img

AQSH Eronga yana zarba berdi, Hormuz bo‘g‘ozi yopildi

AQSH bir hafta ichida uchinchi bor Eron hududiga zarba berdi. Bunga Hormuz bo‘g‘ozidagi fuqarolik kemasiga uyushtirilgan hujum sabab qilib ko‘rsatildi.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan yuqori haydovchilar soni 671 nafarga yetdi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan qariyb 400 ming haydovchiga ma’muriy ogohlantirish qo‘llanilgan.

custom img

Andijonda sobiq erini o‘ldirish uchun 3 ming dollarga qotil yollagan ayol ushlandi

Ayol uy-joy nizosi sabab erini qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

custom img

JCH-2026: Messi boshchiligidagi Argentina Shveysariyani magʻlub etib yarim finalga yoʻl oldi

Amaldagi jahon chempionlari final yoʻllanmasi uchun Angliya bilan bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"