Ekvadorda vaziyat keskinlashmoqda: Harbiylar 22 uyushgan jinoiy guruhni qidirmoqda
Ular harbiy nishon sifatida qabul qilinishi eʼlon qilingan.

Mamlakat qamoqxonalarida tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi, 139 nafar qamoqxona qo‘riqchisi garovga olingan. Shuningdek, Los Choneros va Los Lobos jinoiy guruhlari rahbarlari qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Mamlakatning turli hududlari bo‘ylab portlashlar sodir bo‘lmoqda, bir nechta politsiya xodimlari garovga olingan. Poytaxt Kitoda va Guayakilda talonchilik holatlari kuzatilmoqda, yo‘llar to‘silgan, aholiga uylarini tark etmaslik tavsiya qilingan. Xabar qilinishicha, 10 kishi tartibsizliklar qurboniga aylangan.
Argentina xavfsizlik kuchlarini Ekvadorga yordam berish uchun yuborishga tayyorligini maʼlum qildi. Peru esa Ekvador bilan chegarada xavfsizlik nazoratini kuchaytirdi.







