Pentagon rahbari yangi yildan beri kasalxonada. U saraton bilan kurashmoqda

Bayden salkam 10 kun avval kasalxonaga yotqizilgan 70 yoshli Lloyd Ostinning kasallik tashxisi haqida kecha, 9-yanvar kuni ertalab bilgan. U o‘z vazirining saratonga chalingani fakti yashirilganini eshitib, "g‘azab otiga mindi".

Pentagon rahbari yangi yildan beri kasalxonada. U saraton bilan kurashmoqda

 

Oq uy rasmiylariga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden salkam 10 kun avval kasalxonaga yotqizilgan 70 yoshli Lloyd Ostinning kasallik tashxisi haqida kecha, 9-yanvar kuni ertalab bilgan. U o‘z vazirining saratonga chalingani fakti yashirilganini eshitib, "g‘azab otiga mindi".

 

"Bugun ertalabgacha Oq uyda hech kim vazir Ostinda saraton borligini bilmas edi", — dedi Milliy xavfsizlik kengashining aloqa bo‘yicha direktori Jon Kirbi.

 

Bu shuni anglatadiki, Bayden Ostin kasalligi haqida jamoatchilikdan bir necha soat oldin xabar topgan.

 

Oq uy vakilining bildirishicha, Bayden o‘z vazirining saratonga chalingani fakti yashirilgani haqidagi xabarga g‘azab bilan munosabatda bo‘lgan.

 

"Bunday bo‘lmasligi kerak. Bu voqea boshqa takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishimiz lozim. Vazirlar mahkamasining har bir aʼzosi bu lavozim imkon qadar shaffof bo‘lish masʼuliyatini yuklashini biladi", — deya AQSH prezidentining so‘zlarini keltirgan Jon Kirbi.

 

Unga ko‘ra, Bayden hukumatda bunday holatlar bo‘yicha tartib qayta ko‘rib chiqilishini istayapti. Vazirliklarga tegishli xat allaqachon yuborilgan.

 

Prezident Mudofaa vaziriga tezroq tuzalib ketishini tilaydi, dedi Kirbi. Bayden Ostin bilan 2025 yil boshida tugaydigan vakolat muddatining oxirigacha qolishni rejalashtiryaptimi, degan savolga, Kirbi: “Ha” deb javob berdi. 

 

Pentagon Ostinning sog‘ligi haqida maʼlumot berdi

 

Avvalroq Pentagon AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin saraton tufayli kasalxonada davolanayotganini maʼlum qilib, vazirning kasalligi dastlabki bosqichda aniqlangani va uning tuzalib ketish istiqbollari "aʼlo darajada" ekanini maʼlum qilgandi. Maʼlum bo‘lishicha, Ostin yangi yildan beri kasalxonada.

 

Bundan tashqari, Vashington yaqinidagi Uolter Rid harbiy gospitalining vakolatxonasi xabarida aytilishicha, Pentagon rahbariga dekabr oyi boshida saraton tashxisi qo‘yilgan. Rojdestvo arafasida Ostin minimal invaziv jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Vazir "operatsiyadan hech qanday muammosiz tiklanib, ertasi kuni ertalab uyiga qaytdi", deyiladi xabarda. 

 

Ammo yangi yil kuni vazir kasallik asoratlari tufayli yana kasalxonaga yotqizildi. Dastlabki tekshiruvda peshob yo‘llari infeksiyasi aniqlangan va 2 yanvar kuni u jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, shifokorlarning taʼkidlashicha, Ostin tuzalib ketdi va uning "to‘liq tiklanishi" kutilmoqda, ammo bu jarayon uzoq davom etishi mumkin. "Vazir Ostin kasalxonada bo‘lgan paytida hushini yo‘qotmadi yoki umumiy behushlikda bo‘lmadi", deya maʼlumot bergan kasalxonada. 

 

Respublikachilar: Ostinni isteʼfoga chiqishi kerak

 

Ostinning kasalligi bilan bog‘liq bir necha kunlik noaniqlik muxolifatdagi respublikachilar keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Bir qator siyosatchilar mudofaa vaziri isteʼfosini talab qilmoqda. Ular Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat holatida idora boshlig‘ining yo‘qligida Pentagonni kim boshqarayotganini tushunmayapti.

 

Qo‘shma Shtatlarda jamoatchilik yuqori lavozimli siyosatchilarning sog‘lig‘i haqida to‘liq maʼlumot olishi odat tusiga kirgan. 

 

Lloyd Ostin 2021 yilda vakolat muddati boshlanganidan beri Bayden jamoasi aʼzosi. U Pentagonga rahbarlik qilayotgan birinchi afroamerikalik bo‘ldi. 2016 yilgacha AQSHning amaldagi mudofaa vaziri Yaqin Sharqda joylashgan AQSH kuchlari qo‘mondoni bo‘lgan. Bu lavozimda u AQSHning Iroq, Suriya va Afg‘onistondagi missiyalari uchun masʼul edi. AQSH armiyasidagi 40 yildan ortiq faoliyatining boshida Ostin Germaniyada xizmat qilgan. 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.