O'zbekiston

«Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Ishtirokchilarning start paketlari 12-yanvar kuni beriladi.

«Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

14 yanvar kuni ikkita muhim davlat sanasi – Vatan himoyachilari kuni va mamlakatning Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligini nishonlash kunida «Humo Arena» start-finish maydonchasida «Men G‘olib» anʼanaviy qishki ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbir dasturiga 3 ta masofa kiritilgan: 3 km, 10 km va 1 km masofada «Family Run» (oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi). Havaskor yuguruvchilar shaxsiy musobaqalarda ishtirok etadi, idoraviy tuzilmalar uchun esa jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi. 14 yanvar kuni ishtirokchilarning yig‘ilishi 07:00 da boshlanadi, musobaqaga 08:00 da start beriladi.

 

«Men G‘olib» kubogi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Prezident xavfsizligi davlat xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining vakillaridan tashkil topgan 8 ta jamoa o‘rtasida o‘ynaladi.

 

Ishtirokchilarning start paketlari 12 yanvar kuni, soat 10:00 dan 18:00 gacha Yengil atletika federatsiyasida, quyidagi manzilda beriladi: Islom Karimov ko‘chasi, 98, mo‘ljal – “Paxtakor” stadioni.

 

Ishtirokchining start paketiga quyidagilar kiradi:

 

· Start ko‘krak nishoni (1 dona);

· My Laps chipi;

· baff;

· futbolka;

· 4 ta to‘g‘nog‘ich

 

Belgilangan vaqt limitida masofani yugurib o‘tgan barcha ishtirokchilarga «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi uchun maxsus ishlab chiqilgan finishchi medallari topshiriladi.

 

Sport tadbirini o‘tkazish shartlari bilan batafsil tanishib chiqish uchun Yengil atletika federatsiyasining saytida «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasining nizomi joylashtirilgan.

custom img

Wildberries kompaniyasi Rossiyani tark etib, O‘zbekistonda o‘z omborlarini ochadimi?

Kompaniya tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi va Wildberries matbuot xizmati Zamon.uz savollariga javob berdi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"