Tayvan sabab AQSH va Xitoy munosabatlari keskinlashishi mumkin
Bayden u yerga delegatsiya yubormoqchi.

Tayvan tufayli AQSH va Xitoy o‘rtasida keskinlikning yangi bosqichi avj olishi mumkin.
Financial Times nashrining yozishicha, Tayvanda shanba kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlardan so‘ng AQSH prezidenti Jo Bayden u yerga oliy martabali delegatsiya jo‘natishni rejalashtirmoqda. Mutaxassislar va sobiq amaldorlar bu tavakkal g‘oya ekanini aytishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, spiker Pelosining 2022-yilda Tayvanga safari janjal keltirib chiqargandi. Xitoy bunga javoban keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgandi.







