Tesla Germaniyadagi zavodida ishni to‘xtatadi
Bu Qizil dengizdagi to‘qnashuvlar bilan bog‘liq.

AQSHning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Qizil dengizdagi kemalarga qilingan hujumlar taʼminot zanjiriga taʼsir qilgani sababli Berlindagi zavodida ishlab chiqarishni ikki haftaga to‘xtatishga qaror qildi.
Tesla bayonotiga ko‘ra, Qizil dengizdagi qurolli to‘qnashuvlar natijasida Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi Yaxshi Umid burni orqali yuk tashish yo‘llarining siljishi taʼminot zanjiriga taʼsir qilgan.
"Biz 29 yanvardan 11 fevralgacha Berlin-Brandenburgdagi zavodda avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatishga majburmiz. 12 fevraldan boshlab ishlab chiqarish to‘liq davom etadi", deyiladi xabarda.







