O'zbekiston

Prezident geologiya sohasida qilingan ishlar bilan tanishdi

Davlat rahbari yaqin istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.

Prezident geologiya sohasida qilingan ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni geologiya sohasida qilingan ishlar va kelgusi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Mamlakatimizning o‘sib borayotgan iqtisodiyotini resurslar bilan taʼminlashda geologiya strategik ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda bu sohaga yiliga 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, zarur sharoitlar yaratilmoqda. Buning natijasida 31 ming kvadrat kilometr yangi hududlar o‘rganildi.

 

Xususiy sektor uchun yaratilgan imkoniyatlar evaziga noruda konlarga investorlar jalb qilindi. Bugungi kunda sohada 1 milliard 700 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

Lekin sohada hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Konlar va ularni o‘zlashtirish ko‘lamini kengaytirish mumkin.

 

Taqdimotda shu boradagi istiqbolli loyihalar, xususan, joriy yilga mo‘ljallangan rejalar to‘g‘risida axborot berildi.

 

Davlatimiz rahbari uni tinglab, yaqin va uzoq istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Bu sohada uzoqni ko‘zlash va zamondan ilgari yurish muhimligi taʼkidlandi.

 

Shu bois marrani katta olib, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, aniqlangan zaxiralarni samarali o‘zlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

 

Sohaga xorijiy texnologiyalar va investitsiyalar jalb qilishni davom ettirish, bu orqali geologik qidiruvlar va qazib olish natijadorligini oshirish vazifalari qo‘yildi.

 

Aholi, ijtimoiy soha va sanoat tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqib, ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida, boyitish chiqindilarini qayta ishlash masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident geologiya sohasida qilingan ishlar bilan tanishdi | Zamon.uz