Toshkentda 40 yoshli radioboshlovchi vafot etdi
Efir oldidan uning qon bosimi ko‘tarilib ketgan.

Toshkentda shoumen va radio Grande boshlovchisi Maksim Berlinov 40 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz” nashri.
Qayd etilishicha, efirga bir necha soat qolganda qon bosimi ko‘tarilib, tez yordam mashinasi uni 16-kasalxonaga olib kelgan. Yuragi urushdan to‘xtagani tufayli reanimatsiya qilishning iloji bo‘lmagan.
Berlinov bilan vidolashuv ertaga (16 yanvar) soat 13:00 da Toshkentning Botkin ko‘chasidagi qabristonda bo‘lib o‘tadi.







