Toshkent metrosida yong‘in chiqdi
Holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining “Kosmonavtlar” bekatida vagonda yong‘in yuz bergani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilichicha,19:30 lar atrofida “Kosmonavtlar” metro bekatiga kirib kelgan 40-sonli harakat tarkibining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisdan yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan, tezkor chora-tadbirlar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilgan. Bu holat yo‘nalishdagi harakat jadvaliga hech qanday taʼsir ko‘rsatmagan.
“Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.







