O'zbekiston

Ekotizimlarni saqlash borasida Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda

Bu borada izchil va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ekotizimlarni saqlash borasida Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi bilan barcha sohalarda bo‘lgani kabi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasida ham izchil va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ma’lumot uchun, 2007-yil 3-noyabrda Xitoy Xalq Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqarmasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. 2019-yilda esa Orol dengizi xalqaro innovatsiya markazi (IIC) va Xitoy Fanlar akademiyasi (XIEG) qoshidagi Shinjon Ekologiya va geografiya instituti o‘rtasida Orol dengizi mintaqasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga borasida kelishuvga erishilgan.

 

Xitoy Xalq Respublikasi qum bo'ronlari va cho'llarni nazorat qilish bo'yicha milliy kengashi raisi An Fendzining Samarqandda o‘tkazilgan (CRIC-21) — BMTning cho‘llanish to‘g‘risidagi konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasida ishtirok etishi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi yana bir muhim qadamga aylandi.

 

Ta'kidlash joizki, An Fendzi va Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov o‘rtasidagi uchrashuvda yerlarning degradatsiyasi va barqaror yer boshqaruvi boʻyicha tadqiqotlar olib borish, jumladan, tajriba almashish va Oʻzbekistonning chang va qum bo'ronlari xavfi yuqori boʻlgan hududlarida qoʻshma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Yakunda choʻllanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-amaliy hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum ishlab chiqish va imzolash orqali tez orada yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.

 

Shuningdek, 2023-yilda Ekologiya vazirligi xodimlari Xitoyda tajriba almashish bo‘yicha o‘quv dasturlarida ishtirok etishdi, bu esa xodimlarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini berdi. Qolaversa, bugungi kunda Xitoy bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) hamda Qor qoploni va uning ekotizimini saqlash bo‘yicha global dastur (GSLEP) kabi xalqaro platformalar doirasida hamkorlik qilinmoqda. Qolaversa, XXR bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasi ishlab chiqilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, Xitoy unumdor tuproqlarni tabiatning salbiy ta’siridan himoya qilishga yordam beruvchi ekologik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Cho‘llanishga qarshi kurashish va ekotizimlarni tiklashda ham katta tajribaga ega. Xususan, so‘nggi 10 yilda “Uch shimol” loyihasi doirasida o‘rmonlar maydoni 33,3 million gektardan ortiqroqqa ko‘paydi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Xitoydan O‘zbekistonga ilk bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi. Shuningdek, Xitoy va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan ekologik toza binolar qurish va chiqindilarni qayta ishlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"