Qirg‘iziston sobiq bosh vazirining o‘g‘li qidiruvga berildi
U marhum kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyevning jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblanmoqda.

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakatning sobiq bosh vazirining o‘g‘liga nisbatan sirtdan qidiruv eʼlon qildi. U marhum kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyevning jinoiy daromadlarni legallashtirganda ayblanmoqda.
MXDQ maʼlumotlariga ko‘ra, jinoiy daromadlarni legallashtirish va uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatini moliyalashtirish faktlari 2018 yildan buyon Ko‘lboyev uyushgan jinoiy guruhi vakillari bilan biznes aloqada bo‘lgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi M.U.D. faoliyatida aniqlangan.
Qayd etilishicha, M.U.D. Qamchi Ko‘lboyev bilan birgalikda Issiqko‘l viloyatidagi “Kaganat” pansionati hududidagi "Flamingo Bay" restorani va Cho‘lpon-Ota shahridagi “Vhite” tungi klubiga egalik qilgan, shuningdek, “Ordo” savdo-ko‘ngilochar majmuasida elita tungi klubi ochishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, "M.U.D." Bishkekdagi "Sosial Soffe", “Urban”, "Sushi Room", "Red SoV", “Sakes/bubbles”, "My shisha", “Aroma”, "Testo Mesto" kabi 10 dan ortiq elita muassasalariga xizmat ko‘rsatuvchi restoran biznesi boshqaruv kompaniyasining egasi. Olingan daromadning bir qismi uyushgan jinoiy guruhlarni moliyalashtirishga sarflangan.
17 yanvar kuni M.U.D. Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 261-moddasi “Jinoyat sodir etishda uyushgan guruhda ishtirok etish”da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, sirtdan qidiruvga berilgan.







