Quyi Chirchiqda 15 yoshli bola 90 foiz kuyib ketdi
Bolalar Ombudsmani uning ahvoli haqida maʼlumot berdi.

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida 15 yoshli bola 90 foiz kuyib ketdi. Holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 2008 yilda tugilgan J.J. 2023 yil 4 oktyabrda jiddiy kuyish jaroxatini olganidan so‘ng Respublika shoshilinch yordamga olib kelinib, u yerda barcha tez tibbiy yordam choralari ko‘rilgan va 2 oy davomida shifokorlar tomonidan davolanib, zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.
So‘ng esa jarohatlar darajasi murakkabligiga va doimiy tibbiy kuzatuv talab etishiga qaramay J.J. ota-onasi tomonidan uy sharoitida parvarish qilish uchun olib ketilgan.
Hozirda J.J. ga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan va doimiy shifokor kuzatuvi biriktirilgan. Shuningdek, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan qizga muntazam davolanish uchun kerak bo‘lgan dori-darmonlar taʼminlanmoqda hamda unga nogironlik nafaqasini belgilash uchun kerakli tibbiy hujjatlar to‘planish jarayonida.







