O'zbekiston

Sovuqda allergiyadan qanday himoyalanish kerak?

Bu bo‘yicha mutaxassis javob berdi.

Sovuqda allergiyadan qanday himoyalanish kerak?

 

Havo harorati keskin pasayganda baʼzi bemorlarda sovuqdan allergiya kuzatilishi mumkin. Bu terida qizarish, shish, pufakchalar, qichishish, ko‘z yoshlanishi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.

 

Xastalikning aynan past harorat taʼsirida yuzaga kelayotganini uy sharoitida ham sinab ko‘rish mumkin. Buning uchun qo‘lingizning bilak qismiga muz bo‘lakchasini qo‘yib, 5-10 daqiqa ushlab turasiz.

 

Agar shu vaqt davomida bilagingizda qavarchiq paydo bo‘lsa, qichishish, qizarish yoki achishishni sezsangiz, demak, sizda sovuqdan allergiyaga moyillik bo‘lishi mumkin. Ammo aniq va yakuniy tashxisni allergolog-immunolog qo‘yadi.

 

Shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, maxsus sinamalar topshiriladi. Qon tahlili orqali bemorda eozinofillar va immunoglobulin E miqdori qisman oshishi tasdiqlansa, tegishli davo muolajalari belgilanadi.

 

Shunga qarmay, bu turdagi allergiyaga moyilligi bor kishilar sovuqdan himoyalanishlari kerak.

 

Avvalo, sovuq kunlarda qalin kiyining! Qo‘lqop, bosh kiyimi, sharf va issiq paypoqlardan foydalaning!

 

Izg‘irin haroratda ko‘chaga chiqishdan avval shifokor tavsiya etgan himoya kremlari va maxsus malhamlarni qo‘llang!

 

Sovuq ichimlik va yeguliklar isteʼmol qilmang!

 

Sovuq suvda cho‘milmang! Yuvinish chog‘ida qattiq mochalkalardan foydalanmang!

 

Immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar, darmondorilar, temir, kalsiy, sink, kaliy, selenga boy taomlar tanovul qiling!

 

Asal, murabbo, spirtli ichimliklar, achchiq, sho‘r yeguliklar, qizil rangli mevalar, bo‘yoq qo‘shilgan mahsulotlar, baliq va ot go‘shtidan tayyorlangan taomlar, yong‘oq, yeryong‘oq, pista kabi quruq mevalar, turli o‘tlardan damlamalar isteʼmol qilmay turganingiz maʼqul. Chunki ularda allergik xastalik qo‘zg‘atuvchi xususiyatlar mavjud.

 

Shuningdek, allergiyaga moyil kishilar shifokor tavsiyasisiz sulfanilamidlar, antibiotiklar, talvasa (sudorogi), yallig‘lanish va silga qarshi preparatlar hamda turli vitaminlar qabul qilishi mumkin emas.

 

Hozirgi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazimizda ushbu kasallikka aniq tashxis qo‘yish barobarida, uni samarali davolash yo‘lga qo‘yilgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sovuqda allergiyadan qanday himoyalanish kerak? | Zamon.uz