Toshkentda quruvchi yuqori qavatdan yiqilib vafot etdi
Hodisa tungi vaqtda yuz bergan.

Toshkentda 27 yoshli quruvchi yuqori qavatdan yiqilib vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, voqea tunda sodir bo‘lgan. Bemor tez yordam mashinasida shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan.
U operatsiya qilingan. Bemor og‘ir tan jarohati olganligi sababli ko‘rsatilgan yordamlarga qaramasdan vafot etdi.







