Toshkentdan Hindistonga uchgan samolyot yo‘qolib qoldi
Hozircha samolyotning qayerda ekanligi nomaʼlum.

Toshkentdan Hindistonga uchgan Rossiyaning Gazprom kompaniyasiga tegishli avivaoperatorning Falcon 10B samolyoti radarlardan yo‘qolib qolgani haqida xabar qilmoqda “AviaSpotter”.
Samolyot radardan yo‘qolishidan avval uchuvchilar texnik muammolar tufayli Tojikistonga samolyotni qo‘ndirishlari mumkinligi haqida xabar qilishgan. Hozircha samolyotning qayerda ekanligi maʼlum emas.







