Farg‘onadagi neft bazada yong‘in yuz berdi
Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida joylashgan neft bazada kuchli portlash sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan joyga yong‘in-qutqaruv ekipajlari qisqa vaqt ichida yetib borgan va yong‘in bartaraf etildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.







