O'zbekiston

Pekinda O‘zbekiston–Xitoy taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi

Unda 70 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Pekinda O‘zbekiston–Xitoy taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 22 yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi tomonidan O‘zbekiston–Xitoy taʼlim forumi o‘tkazildi.

 

Forumda O‘zbekiston tomonidan 37 ta, Xitoy tomonidan 110 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, jami 250 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

 

 

Forum avvalida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri o‘rinbosari Chen Sze o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, tadbirning va Oliy darajadagi tashrifning ikki tomonlama aloqalar rivojidagi o‘rni haqida suhbat qurildi. Shuningdek, tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

 

Forumni Tadbirni Xitoy Taʼlim vaziri o‘rinbosari Chen Sze, O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ochib berdilar. Tadbir yalpi majlis va 4 ta panel sessiyalardan tashkil topdi. Mazkur Forumda O‘zbekiston tomonidan 37 ta, Xitoy tomonidan 110 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, jami 250 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.

 

Forum doirasida O‘zbekiston-Xitoy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan 4 ta yo‘nalishda – aniq fanlar, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, AKT, gumanitar fanlar, tibbiyot va farmatsevtikaga bag‘ishlangan panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbir davomida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida 70 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, 5 ta oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida qo‘shma taʼlim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur qo‘shma taʼlim dasturi asosida 300 dan ortiq talabalar Xitoyning ilg‘or universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Forum doirasida 100 dan ortiq O‘zbekiston talabalari uchun grant dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

 

Forumda O‘zbekiston va Xitoy oliy taʼlim muassasalari hamkorligi to‘g‘risida Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu Deklaratsiya doirasida Xitoy va O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida institutsional platforma yaratish, Xitoy-Markaziy Osiyo taʼlim hamkorligi modelini shakllantirish, akademik almashinuv dasturlarini yana-da rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

 

Forum doirasida aniq fanlar, muhandislik, AKT, gumanitar fanlar, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida universitetlararo uchrashuvlar tashkil etildi va qator o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Pekinda O‘zbekiston–Xitoy taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz