O'zbekiston

Yoshlar ishlari agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

Yoshlar ishlari agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi

 

“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–18-son, 20.01.2024 y.) qabul qilindi.

 

Farmon bilan Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi. Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

 

Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishliligi bo‘yicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Shuningdek:

  • tegishincha Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi byudjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini to‘liq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan byudjetdan tashqari jamg‘arma sifatida faoliyat yuritadi;

  • sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilmalar, sport ob’yektlari va inshootlarining loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"