Aliment to'lamagan 6 nafar ota qamaldi
Holat Buxoro viloyatida sodir bo'lgan.

Ta’kidlanishicha, byuroning Gʻijduvon tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan bu otalarning har biri bir nafardan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
"Joriy yilning 17-yanvarida Jinoyat ishlari bo‘yicha Gʻijduvon tuman sudida ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqilib, har bir otaga 15 sutkadan qamoq jazosi tayinlandi. Ular bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay turli bahonalarni ro‘kach qilib kelishgan. Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarning qamoq jazosini o‘tagani ularni aliment to‘lovidan ozod qilmaydi, qarzdorligicha qoladi", – deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, 6 nafar ota jazoni o‘tash uchun maxsus muassasaga joylashtirilgan







