Samarqandda 753 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro B.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda toshlarni qazib olish, qayta ishlash va sotish faoliyatini amalga oshirish uchun hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib olib, jami 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







