O'zbekiston

Binolar tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitekturasi saqlab qolinadi

Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼlum qildi.

Binolar tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitekturasi saqlab qolinadi

 

“Sharq” nashriyot matbaa korxonasi” AJga tegishli binolar tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Buyuk Turon ko‘chasi 41-uyda joylashgan bino-inshootlar bugungi kunda bo‘sh ekanligi va taʼmirtalabligi sababli xususiylashtirilishi belgilangan.

 

Ushbu bino Toshkent shahrining tarixiy arxitekturasini, shu jumladan, muhim “modernizm” qiyofasini aks ettirishini inobatga olib, uni saqlab qolish maqsadida savdoning quyidagi asosiy shartlari belgilangan:

 

O‘zbekiston milliy axborot agentligi (UzA)ning maʼmuriy binosi hamda Buxoro va Buyuk Turon ko‘chalari kesishmasidagi 4-qavatli maʼmuriy bino (“A.Navoiy teatri” tomonidagi qismi) tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolish;

 

kelgusida qurilish taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish.

 

Bu degani xaridor, mulkiy majmuaning ushbu qismlari tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolinishini taʼminlaydi, taʼmirlash ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiradi, agarda mazkur shartlar xaridor tomonidan buzilgan taqdirda, xususiylashtirish masalasi shartnoma talablariga asosan qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Ushbudan kelib chiqib, jamoatchilikni bezovta bo‘lmasliklarini so‘raymiz va mulkiy majmuani xususiylashtirish ishlari qatʼiyan yuqoridagi talablarga rioya etgan holda amalga oshirilishi va xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilib borilishi taʼminlanadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Binolar tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitekturasi saqlab qolinadi | Zamon.uz