O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev OIIB prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda 2026 yilgacha mo‘ljallangan qo‘shma Hamkorlik dasturi qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev OIIB prezidenti bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bosh qarorgohiga tashrif buyurib, bank prezidenti Szin Lisyun bilan muzokara o‘tkazdi.

 

Ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Keyingi yillarda bank bilan hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi. 2023 yilning o‘zida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarga yetdi.

 

Energetika, suv taʼminoti, avtomobil va temir yo‘llarni rekonstruksiya qilish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Davlat rahbari strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

 

Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 2026 yilgacha mo‘ljallangan qo‘shma Hamkorlik dasturi qabul qilindi.

 

Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik muhim infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Bank boshqaruvchilari kengashining joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lajak yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev OIIB prezidenti bilan uchrashdi | Zamon.uz