Toshkentda BYD YTHga uchradi
Holat bo‘yicha YHXB rasmiy izoh berdi.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Hodisa Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda 1995 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvida bo‘lgan BYD avtomashinasi 2004 yilda tug‘ilgan M.Ch. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinalari to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatid Lacetti avtomashinasi haydovchisi hamda yo‘lovchisi S.M. tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







