Toshkentda Spark avariyaga uchrab, sochilib ketdi
Shahar YHXB holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bugun Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi vafot etdi. Bu haqda shahar YHXB maʼlumot berdi.
Holat soat 02:20 larda Bunyodkor ko‘chasi Chilonzor buyum bozori qarshisida sodir bo‘lgan. Unda 2004 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Malibu-2 va1997 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvidagi Spark o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Spark haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Spark rusumli avtomashinaning 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.







