O'zbekiston

O‘zbekiston elchisi UNIDO huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi

Muloqot natijasida tomonlar o‘zaro manfaatga asoslangan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

O‘zbekiston elchisi UNIDO huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekistonning BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO)dagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov tashkilot bosh direktori Gerd Myuller bilan uchrashuv o‘tkazdi va unga o‘zining ishonch yorlig‘ini topshirdi. 

 

Suhbat chog‘ida UNIDO tomoniga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Tomonlar sanoatni rivojlantirish bo‘yicha respublikada amalga oshirilayotgan loyihalar xususida fikr almashdi.

 

Hozirgi kunda UNIDO O‘zbekistonda tekstil sanoatini modernizatsiya qilish, eko-sanoat parklarini rivojlantirish, energetika sohasida iqlim o‘zgarishi ta’sirini va suv tanqisligini kamaytirish hamda Orol dengizi hududlarini tiklash va muhofaza qilish uchun geografik axborot tizimlarini qo‘llash kabi loyihalarini amalga oshirmoqda.

 

"Yashil" energetika, ekologiya, agrobiznes va tog‘-kon sanoati sohalarida loyihalarni ishlab chiqish o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida ko‘rilmoqda.

 

Muloqot natijasida tomonlar o‘zaro manfaatga asoslangan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

 

2023 yil 21 noyabr kuni O‘zbekistonning yangi elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekiston elchisi UNIDO huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi | Zamon.uz