O‘zbekistonda yagona elektron tibbiyot tarmog‘i tashkil etiladi
Tizimda mavjud lokal tarmoqlar xatlovdan o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda yagona elektron tibbiyot tarmog‘ini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu - «Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Unga ko‘ra, tizimda mavjud lokal tarmoqlar xatlovdan o‘tkaziladi va joriy holatni o'rganiladi.
Xatlov ma’lumotlari asosida tizimning yagona tarmoq infratuzilmasini yaratish bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi.
Loyiha hujjatlari o‘rnatilgan tartibda vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Loyiha xarajat manbalarini aniqlash va 3600 dan ortiq texnik qurilma hamda lisenziyalarni xarid qilish mo‘ljallanmoqda.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ham rejalashtirilgan.







