Siyosat

O‘zbekistonning Dubaydagi yangi bosh konsuli o‘z vazifasiga kirishdi

U Dubayga tayinlanishidan avval 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan.

O‘zbekistonning Dubaydagi yangi bosh konsuli o‘z vazifasiga kirishdi

O‘zbekistonning Dubay shahrida yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktori Shayx Maktum bin Butti Al Maktum bilan uchrashdi va konsullik patentini qabul qilib oldi. 

 

Shayx Al Maktum yangi tayinlangan bosh konsulni Amirliklardagi diplomatik missiyasining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi va uning diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.   Iqtisodiyot, savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, turizm, fan va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi. 

 

Tomonlar O‘zbekiston va BAA fuqarolarini o‘zaro viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolangani so‘nggi yillarda ikki davlat erishgan o‘zaro anglashuvning yuksak darajasi va hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdorlikning tasdig‘i ekanligini qayd etishdi.

 

Eslatib o‘tamiz, yangi bosh konsul 44 yoshda. U Dubayga tayinlanishidan avval 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan.

 

 O‘zbekiston Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Dubay, Sharja, Ras al-Xayma, Ajman, Um al-Kuveyn va Fujayra amirliklari kiradi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekistonning Dubaydagi yangi bosh konsuli o‘z vazifasiga kirishdi | Zamon.uz