Toshkentda Malibu YTHga uchrab, dumalab ketdi
Shahar YHXB hodisa bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bugun, 27-yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat soat 21:00 larda Shayxontohur tumani Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi Mumtoz to‘yxonasi qarshisida sodir bo‘lgan. Unda 1995 yilda tug‘ilgan F.R. boshqaruvida bo‘lgan KIA hamda Malibu-2 o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Malibu-2 rusumli avtomashinasi haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







