Nodirbek Abdusattorov g‘alaba qozondi
Avvalroq u so‘nggi tur oldidan mag‘lubiyatga uchragandi.

“Tata Steel Chess 2024” turnirining oxirgi turida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov murakkab vaziyatdan chiqib ketgan holda g‘alaba qozondi.
Nodirbekdan tashqari yana 3 kishida 8,5 ochko bor. Bular: Anish Giri, Gukesh va Vei Yi.
Bu degani endi 4 nafar shaxmatchi chempionlik uchun tay-brekda tezkor shaxmatda kurashadi. Avval yarim finalda 2 ta juftlik, keyin esa final bo‘ladi. Yarim final juftliklari:
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — Vei Yi (Xitoy)Anish Giri (Niderlandiya) — Gukesh (Hindiston)
Tay-brek bahslari bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi.







