Salomatlik

Qirq yoshdan keyin nega suyak yemirilishi kuchayadi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qirq yoshdan keyin nega suyak yemirilishi kuchayadi?

 

Yosh o‘tishi bilan inson suyaklari mo‘rtlashib boraveradi. Aksariyat otaxonu onaxonlar bel, oyoq, umurtqa, bo‘g‘im og‘riqlaridan tez-tez shikoyat qilishining sababi shunda.

 

Chunki odam 30 yoshga kirgunicha suyaklari turli tuz va mikroelementlar bilan to‘yinib, mustahkamlanadi. Biroq bu marradan so‘ng organizmda qon aylanish tizimi izdan chiqishi va boshqa sabablar tufayli suyak hajmi kamaya boshlaydi, bu esa osteoporozga olib keladi.

 

40 yoshdan keyin suyakning yupqalashishi, yaʼni mo‘rtlashishi kuchayadi. Mazkur jarayon tanada kalʼsiy ionlarining suyaklarga yaxshi singmasligi oqibatida yuz beradi. Ushbu omil suyaklar zichligi kamayishiga olib keladi.

 

Buning turli sabablari bor. Avvalo, kalʼsiy moddasini yemiruvchi to‘qimalar faoliyatia kuchayib, quruvchi to‘qimalar kalsiy ionlarini yetkazib berishga ulgurmaydi. Ikkinchidan, quruvchi to‘qimalar faoliyati susayishi mumkin. Uchinchidan, har ikki to‘qima faoliyati bir vaqtda buzilishi mumkin.

 

Osteoporoz ayollar o‘rtasida erkaklarga nisbatan to‘rt marta ko‘proq uchrashi ilmiy tadqiqotlar davomida isbotlangan. Ularda 50 yoshdan so‘ng suyaklar yumshashi keskin jadallashadi.

 

Ayniqsa, oltmish besh yoshdan oshgan opalarimizda bu patologiyaga tez-tez duch kelamiz. Shuningdek, kasallikka o‘ta ozg‘inlik, endokrin buzilishlar, menopauza(klimaks)ning barvaqt boshlanishi, uzoq vaqt dori-darmonlar qabul qilish singari holatlar, gormonal o‘zgarishlar ham sabab bo‘ladi.

 

Uzoq yillik tajrabadan kelib chiqib aytishim mumkinki, bu darddan, birinchi navbatda, umurtqa pog‘onasi suyaklari aziyat chekadi. Yaʼni ularning zichligi kamayib, baʼzan sinishi kuzatiladi.

 

Xastalikning og‘ir asoratlaridan biri — son suyagi bo‘ynining sinishi. Oqibatda bemor to‘shakka mixlanib qoladi. Kamharakatlik osteoporzni yana-da kuchaytirib, nogironlikka olib borishi mumkin.

 

Vaholanki, zamonaviy tibbiyot xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini bermoqda. Eng samarali diagnostika usuli sifatida suyak densitometriyasini keltirish mumkin. Ellik yoshdan keyin har bir inson yiliga suyak zichligini o‘lchovchi ushbu tekshiruvdan o‘tib turishi maqsadga muvofiq.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Qirq yoshdan keyin nega suyak yemirilishi kuchayadi? | Zamon.uz