Salomatlik

Uyqu apnoe sindromi qanday kasallik?

Dunyoda 1 milliardan ortiq kishi ushbu xastalikka chalingan.

Uyqu apnoe sindromi qanday kasallik?

 

Uyqu apnoe sindromi dunyo aholisi o‘rtasida keng tarqalgan kasallik bo‘lib, bugungi kunda 1 milliardan ortiq kishi ushbu xastalikka chalingan.

 

Cindrom obstruktiv yoki markaziy bo‘lishi mumkin. Kasallik asosan semizlik, tomoq, burun kasalliklari tufayli kelib chiqadi.

 

Uyqu paytida qattiq xurrak otish, nafas siqilishi xastalikning asosiy belgilari hisoblanadi. Bundan tashqari, tunda uyquning tez-tez buzilishi tufayli ushbu xastalikka chalingan insonlar kunduzi o‘zini holsiz va asabiy his qiladi.

 

Bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun polisomnografiya (PSG) tekshiruvi o‘tkazilib, maxsus uskuna yordamida insonning uyqu paytidagi fiziologik ko‘rsatkichlari qayd etiladi.

 

Uyqu apnoe sindromini davolash usuli uni keltirib chiqargan sabablarga qarab tanlanadi. Amaliyotda asosan doimiy musbat havo bosimini beruvchi maxsus qurilma qo‘llaniladi. Bu qurilma nafas yo‘llarini ochiq saqlashga yordam beradi va uxlash vaqtida ular to‘silib qolishining oldini oladi.

 

Ayrim hollarda nafas olish yo‘llarida jarrohlik amaliyotini bajarish yoki elektrostimulyatsiya muolajasini o‘tkazish zarurati tug‘ilishi mumkin.

 

Uyqu apnoe sindromini o‘z vaqtida davolamasa, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya, diabetga chalinish xavfi ortadi, xotira va diqqat-eʼtibor susayadi.

 

Kasallik profilaktikasi uchun bir qancha tavsiyalarga rioya qilish lozim. Xususan, sog‘lom turmush tarzi, zararli odatlardan voz kechish, jismoniy faollik uyqu apnoe sindromiga chalinish xavfini bir necha barobarga kamaytiradi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Uyqu apnoe sindromi qanday kasallik? | Zamon.uz