Xalqaro MMA raisi Toshkentga keladi
Poytaxtda MMA bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentda ilk marotaba aralash jang sanʼatlarining havaskor yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur dunyo birinchiligi oldidan 30 yanvar kuni soat 10:00 da poytaxtdagi “Hilton” mehmonxonasida xalqaro sport tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.







