Jahon

Irakliy Garibashvili Gruziya bosh vaziri lavozimini tark etdi

Qaror hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi siyosiy kengashida qabul qilingan bo‘lib, 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan partiya qurultoyida rasman eʼlon qilinadi.

“Siyosiy jamoamiz kuchini taʼminlovchi eng muhim omillardan biri bu ichki demokratiya bo‘lib, uning eng yaqqol ifodasi rotatsiya tamoyilidir. Jamoada muvaffaqiyatli rahbarlar ko‘p, boshqalarga ham imkoniyat berish kerak”, — deydi u.

Garibashvilining taʼkidlashicha, "Gruziya orzusi" partiyasi endi kuzda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida “ishonchli” g‘alabaga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

Garibashvili siyosiy kengashdan "Gruziya orzusi" raisligi lavozimini egallash taklifini oldi. Gruziya matbuotiga ko‘ra, partiyaning amaldagi rahbari Irakliy Kobaxidze bosh vazir lavozimida Garibashvilini almashtiradi.

Boshqaruvdagi o‘zgarishlar partiya asoschisi Bidzina Ivanishvili Gruziya siyosatiga qaytganidan bir oy o‘tib sodir bo‘ldi.

Hukumat tanqidchilari tomonidan Gruziyaning "norasmiy va yakka hukmronlikda" ayblanayotgan Ivanishvili 30 dekabr kuni partiyaning faxriy raisi bo‘ldi.

Shu kuni partiyaning yangi nizomi tasdiqlandi, unga ko‘ra faxriy rais siyosiy kengashga bosh vazir nomzodini taqdim etishi mumkin.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Irakliy Garibashvili Gruziya bosh vaziri lavozimini tark etdi | Zamon.uz