Termizda dahshatli avariya yuz berdi
Nexia-3 yuqori tezlikda harakatlanib, ag‘darilib ketgan.

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra,1989 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 avtomashinasini yuqori tezlikda boshqarishi natijasida ehtiyotsizlik qilib, yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ag‘darilgan.
YTH oqibatida avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida harakatlangan 2003 yilda tug‘ilgan ayol olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan. Avtomashina haydovchisi esa tuman shifoxonasiga yotqizildi.







