“Toshkentning bosh shaharsozlik rejasi yo‘q”
Ekologiya vaziri poytaxt atmosferasiga taʼsir qilayotgan omillar haqida gapirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning axboroti tinglandi.
Maʼlumki, Toshkent atmosfera bo‘yicha qizil toifadagi shaharlar sirasiga kirmoqda.
Vazir poytaxt atmosferasiga taʼsir qilayotgan omillar haqida gapirdi.
“Shaharsozlik bosh rejasi tasdiqlanmasdan qurilish bo‘lyapti. Yashil zona qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda qurilish amalga oshirilmasligi kerak, lekin bosh reja bo‘lmagani bois biz bilolmayapmiz. Masalan, so‘ngi 5 yilda Toshkentda 5400 ta obyekt barpo etilgan”, deydi Abduhakimov.







