O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi pasaydi
Jarayon Jahon banki ekspertlari tomonidan tekshirilgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Statistika agentligi tomonidan 2023-yil uchun O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tahlil qilindi.
Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan 16 mingta uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga ko‘ra, mamlakatda kambag‘allik darajasi 2023-yil yakunida 11,0 foizgacha pasaygan.
O‘zbekistonda o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga kambag‘allik qisqargan. 2022-yil natijalarida kambag‘allik darajasi 14 foizni tashkil etgan. Jarayon Jahon banki ekspertlari tomonidan tekshirildi.







