Bugundan nimalar o‘zgarmoqda?
1-fevraldan ayrim qonun hujjatlari amalda kuchga kiradi.

Bugun, 1 fevraldan nimalar o‘zgarmoqda?
Ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo‘lish talabi qo‘yiladi.
Bunda, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlarning servis xizmati mavjud bo‘lishi kerak.
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lganlarga kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ko‘rsatiladi.
Qonunchilikka ko‘ra, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ichimlik va oqova suv yo‘nalishidagi loyihalar doirasida qurilish materiallari, uskuna va jihozlar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi.
Kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi.
Bunda, taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70 foizi, biroq BHM ning 5 barobaridan oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi. Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:
—“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
—“VVV”, “VV” va “V” toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
—“SSS”, “SS” va “S” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
—“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.







