Andijondagi “dom”da gaz portladi
Hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan.

Bugun, 2 fevral kuni Andijon shahrida ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat FVB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:13 da Andijon shahridagi 39-ko‘pqavatli uyning 61-xonadonida gaz havo aralashmasining chaqnashi sababli yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 3 ta Yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 18:18 yetib borishib, yong‘in soat 18:21 da to‘liq qurshab olingan, yong‘in soat 18:27 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 1 nafar fuqaro jarohat olgan, 1 nafar fuqaro vafot etgan.







