O'zbekiston

Metroda qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Holat “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida yuz bergan.

Metroda qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

 

Toshkent metrosida bir qizga shilqimlik qilgan 31 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek sudida 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida erkak o‘z aybiga iqror bo‘lmadi, metro vagonida odamlar ko‘pligini aytib, unga qiz orqaga yiqila boshlagandek tuyulganini vaj qildi. Shu sababli qiz yiqilib tushmasligi uchun yelkasidan ushlab olgan ekan.

 

Biroq sud jarayonida jabrlanuvchi uning so‘zlarini rad etdi. Uning ko‘rsatmalari ish materiallarida mavjud bo‘lgan boshqa dalillar bilan ham tasdiqlandi. Bundan tashqari, oxirgi bekatga yetib kelganida, erkak boshqalar bilan tushmay, qizni kutdi va unga ergashdi.

 

Sud 31 yoshli erkakni O‘zR MJtK 41-1 moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga 5 sutka maʼmuriy qamoqqa olish jazosi berildi. Shuni taʼkidlash kerakki, erkak bir yil ichida xuddi shunday huquqbuzarlikni sodir etsa, u bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olinadi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Metroda qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi | Zamon.uz